Sistit: xavf omillari, simptomlari, tashxislash, davolash va profilaktika.

Xavf omillari1

  • Ayol jinsi;
  • O’ta sovib ketish;
  • Intim gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik;
  • Jinsiy hayot boshlanishi;
  • Homiladorlik, tug’ish, klimakterik davr;
  • Jinsiy a’zolar, siydik yo’li, erkaklarda – prostata bezi yallig’lanish kasalliklari;
  • Quyi siydik yo’llarida jarohatlar, tibbiy manipulyasiyalar;
  • Qovuqdan siydik oqimi buzilishi (anatomik xususiyatlar, qovuq disfunksiyasi, siyish qistashlarini ushlab turish odati);
  • Ko’p miqdorli achchiq, o’tkir ta’mli, sho’r taomlar va alkogolni iste’mol qilish.

Sistit simptomlari1

  • Qorinning quyi qismida achishish; 
  • Siyishda og’riqlar, sanchiqlar va achitish;
  • Siydikning kichik portsiyalar bilan tez-tez chiqarish, siydikda shilliq, qon paydo bo’lishi;
  • Soxta og’riqli siyish qistashlari;
  • Qovuq bo’shligi;
  • Tana harorati oshishi mumkin.

Sistitni tashxislash usullari1

Asoratsiz sistitda siydikning umumiy tahlili o’tkazilishi shart. Asoratli yoki qaytalanuvchi sistitda tekshiruv, siydikning umumiy tahlilidan tashqari, quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Siydikning bakteriologik tekshiruvi, u kasallik qo’zg’atuvchini va uning antibakterial dori preparatlariga sezuvchanligini puxta aniqlash uchun o’tkaziladi;
  • Jinsiy yo’l orqali yuqtiriladigan infeksiyalar yuzasidan tekshiruv;
  • Virusli infektsiyalarni tekshirish, ayollar uchun vaginal mikrofloraning buzilishini istisno qilish uchun, laktobakteriyalarni miqdoriy aniqlash uchun qindan surtma olish va ekib tekshirish.

Operativ aralashuvni talab qiladigan tosh, o’sma yoki boshqa kasalliklarga taxmin qilingan holatda, shuningdek siydik infeksiyalari qaytalanishlarida va antibakterial terapiyada ijobiy natija bo’lmagan holatlarda buyraklar yoki kichik tos suyagi a’zolari ultratovushli tekshiruvlari, ekskretor urografiya, sistouretrografiya, kichik tos suyagi kompyuter tomografiyasi o’tkaziladi.

Sistitlar terapiyasi1

Sistitlar majmui terapiyasida fitoterapiya yordamchi rolini o’ynaydi. O’simlik preparatlari qo’llanishi kasallikning asosiy simptomlariga ta’sir etish, antibiotikoterapiyadan so’ng bir yil davomida sistit qaytalanishlari xavfini kamaytirish imkonini beradi. Siydik tizimi infeksiya-yallig’lanish patologiyalarini davolashda antibiotiklar bilan birga Fitolizin® (pasta) tabiiy dori preparati qo’llanishi mumkin. U yallig’lanishga qarshi, diuretik, spazmolitik ta’sirlarga, shuningdek siydik yo’lidagi minerallar kristallanishini kamaytirish xususiyatiga ega. Preparat antibakterial terapiya o’tkazilishi uchun qulay sharoit yaratish va uni to’ldirish imkonini beradi.2

Siydik yo’llari infeksiyalari fitoterapiyasi3

Siydik yo’llari infeksiyalarini davolash uchun foydalaniladigan barcha o’simliklar, ularni ta’sir etishi bo’yicha quyidagilarga ajratish mumkin:

  • Yallig’lanishga qarshi;
  • Siydik haydaydigan;
  • Spazmolitik.

Odatda, ulardan qaynatmalar va damlamalar tayyorlash uchun ishlatiladigan majmui to’plam tuziladi.

An’anaviy dori shakllari qo’llanish uchun unchalik qulay emasligi tufayli (ularni dozalash ancha murakkab va uzoq saqlash mumkin emas), bevosita dorivor o’simliklardan emas, balki ular asosida tayyorlangan zamonaviy preparatlardan tobora ko’proq talab bilan foydalanilmoqda.

Profilaktika1

  • Ginekologik kasalliklar, jinsiy aloqa orqali yuqtiriladigan infeksiyalarni, shu jumladan, har ikki jinsiy sheriklarda, adekvat davolash. Jinsiy hayot gigiyenasi va h.k.
  • Uzoq vaqt spermisidlar qo’llanilganida qin mikroflorasi holatini nazorat qilish. Homiladorlar simptomsiz bakteriuriyasini adekvat baholash va davolash.
  • Invaziv urologik aralashuvlardan oldin, ayniqsa, xavf omillari mavjud bo’lgan holatda antibiotikoprofilaktika.
  • Urodinamika buzilishiga olib keladigan urologik kasalliklarni davolash.
  • Seksual faollikdan so’ng qaytalanishlar bo’lgan ayollarda – jinsiy aloqadan so’ng darhol majburiy siyish. Spermisidlar va diafragmalardan kontrasepsiya usullari sifatida foydalanishni rad qilish.

Buyrak-tosh kasalligi: statistika, sabablari, xavf omillari, davolash

Statistika 2

  • Buyrak-tosh kasalligi – tarqalgan urologik kasalliklardan biri bo’lib, aholining eng kamida 3% uchraydi.
  • Buyrak-tosh kasalligi erkaklar orasida ayollardagiga nisbatan yuqori (taxminan 3:1 nisbatda) va ko’pincha 40–50 yoshda paydo bo’ladi.

Buyrak-tosh kasalligi sabablari3

Buyrak-tosh kasalligi rivojlanishi asosini alimentar omillar bilan ham, endokrin tizimi kasalliklari, irsiy moyillik, shuningdek iqlim-geografik sharoitlar bilan ham bog’liq moddalar almashinuvi jarayonlari buzilishi tashkil qiladi.

  • Irsiylik;
  • Gipodinamiya;
  • Geografiya;
  • Iqlim;
  • Oziq-ovqatlar;
  • Siydik yo’llari infeksiyalari;
  • Fosfor-kalsiy almashinuvi;
  • Pasiyent yoshi, jinsi.

Xavf omillari3

Buyrak-tosh kasalligi tarqalishiga zamonaviy turmush shart-sharoitlari sabab bo’ladi:

  • Fosfor-kalsiy almashinuvi buzilishiga olib keladigan gipodinamiya;
  • Ovqatlanish xususiyati (oziq-ovqatlarda oqsillar ko’pligi), bu organizmda moddalar almashinuvi kasalligini “taraqqiyot kasalligi” deb nomlash imkonini berdi.

Buyrak-tosh kasalligi paydo bo’lishiga quyidagi omillar moyil bo’ladi:

  • Yosh;
  • Jins;
  • Irq;
  • Iqlim sharoitlari;
  • Geografik va uy-joy sharoitlari;
  • Kasb;
  • Irsiylik.

Mahalliy xususiyatli omillar ham toshlar yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin:

  • Siydik yo’llari infeksiyalari;
  • Yuqori siydik yo’llarida buyraklardan siydik me’yoriy oqimi qiyinlashishiga olib keladigan anatomik va patologik o’zgarishlari;
  • Organizm va buyraklarda moddalar almashinuvi va qon tomirlar buzilishlari.

Davolash3

Buyrak-tosh kasalligi bo’lgan pasiyentlarni davolash konservativ va operativ bo’lishi mumkin. Buyrak-tosh kasalligi konservativ terapiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Farmakoterapiya;
  • Diyetoterapiya;
  • Fizioterapiya;
  • Fitoterapiya;
  • Sanatoriy-kurortda davolanish.

Fitoterapiya – buyrak va siydik yo’llari kasalliklarining , ayniqsa sistit, pielonefrit, urolitiaz oldini olish.

Hozirgi vaqtda uzoq vaqtli antibiotikoterapiya kurslari samaradorligi isbotlangan. Biroq, mikrobga qarshi preparatlarni uzoq vaqt qabul qilish mikroorganizmlar rezistentligiga va allergik reaksiyalar rivojlanishiga olib keladi.5

Shu tufayli o’tkir darajali yoki surunkali siydik yo’llari infeksiyalari zo’raygan holatda antibakterial terapiya samaradorligini oshirish, shuningdek antibakterial terapiya to’xtatilganidan so’ng kasallik qaytalanishini profilaktika qilish maqsadida fitopreparatlar qo’llanishi maqsadga muvofiq.5

Памятка по МКБ

QO’LLANISH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR MAVJUD. QO’LLANISHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING YOKI MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Xalqaro patent bilan tasdiqlanmagan nomi: O’simliklardan tayyorlangan kombinasiyalangan dori preparati. Siydik yo’llari infeksiya-yallig’lanish kasalliklarida, mayda konkrementlar, “qum” bo’lgan holatda pasiyentlarning majmui terapiyasi tarkibida qo’llaniladi. Bolalarga va 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlarga tavsiya etilmagan. Shifokorning reseptisiz beriladi. Tovar sertifikatlangan DV/X 03491/08/17. Gerbapol Varshava MChJ 05-800 Prushkuv, Polsha. O’zbekiston Respublikasi hududida dori preparatlarining sifati bo’yicha e’tirozlar (takliflar)ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili: «Polfarma» AJ Vakolatxonasi, Toshkent sh., Fidokor ko’chasi, 32-uy. Tel.: +99897 107 55 99.

1. Клинические рекомендации «Цистит у женщин». — М.: Российское общество урологов, 2019. — 34 с.

2. Г.Н. Скрябин, В.П. Александров, Д.Г. Кореньков, Т.Н. Назаров. Циститы. Учебное пособие. 2006.

3. Инфекция мочевых путей и роль фитопрепаратов в ее комплексной терапии, А. В. Малкоч, Н. Н. Филатова, ЛЕЧАЩИЙ ВРАЧ, МАРТ 2015, № 3, – 2-5с. – https://www.lvrach.ru/2015/03/15436191