Xavf omillari1
- Ayol jinsi;
- O’ta sovib ketish;
- Intim gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik;
- Jinsiy hayot boshlanishi;
- Homiladorlik, tug’ish, klimakterik davr;
- Jinsiy a’zolar, siydik yo’li, erkaklarda – prostata bezi yallig’lanish kasalliklari;
- Quyi siydik yo’llarida jarohatlar, tibbiy manipulyasiyalar;
- Qovuqdan siydik oqimi buzilishi (anatomik xususiyatlar, qovuq disfunksiyasi, siyish qistashlarini ushlab turish odati);
- Ko’p miqdorli achchiq, o’tkir ta’mli, sho’r taomlar va alkogolni iste’mol qilish.
Sistit simptomlari1
- Qorinning quyi qismida achishish;
- Siyishda og’riqlar, sanchiqlar va achitish;
- Siydikning kichik portsiyalar bilan tez-tez chiqarish, siydikda shilliq, qon paydo bo’lishi;
- Soxta og’riqli siyish qistashlari;
- Qovuq bo’shligi;
- Tana harorati oshishi mumkin.

Sistitni tashxislash usullari1
Asoratsiz sistitda siydikning umumiy tahlili o’tkazilishi shart. Asoratli yoki qaytalanuvchi sistitda tekshiruv, siydikning umumiy tahlilidan tashqari, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Siydikning bakteriologik tekshiruvi, u kasallik qo’zg’atuvchini va uning antibakterial dori preparatlariga sezuvchanligini puxta aniqlash uchun o’tkaziladi;
- Jinsiy yo’l orqali yuqtiriladigan infeksiyalar yuzasidan tekshiruv;
- Virusli infektsiyalarni tekshirish, ayollar uchun vaginal mikrofloraning buzilishini istisno qilish uchun, laktobakteriyalarni miqdoriy aniqlash uchun qindan surtma olish va ekib tekshirish.
Operativ aralashuvni talab qiladigan tosh, o’sma yoki boshqa kasalliklarga taxmin qilingan holatda, shuningdek siydik infeksiyalari qaytalanishlarida va antibakterial terapiyada ijobiy natija bo’lmagan holatlarda buyraklar yoki kichik tos suyagi a’zolari ultratovushli tekshiruvlari, ekskretor urografiya, sistouretrografiya, kichik tos suyagi kompyuter tomografiyasi o’tkaziladi.

Sistitlar terapiyasi1
Sistitlar majmui terapiyasida fitoterapiya yordamchi rolini o’ynaydi. O’simlik preparatlari qo’llanishi kasallikning asosiy simptomlariga ta’sir etish, antibiotikoterapiyadan so’ng bir yil davomida sistit qaytalanishlari xavfini kamaytirish imkonini beradi. Siydik tizimi infeksiya-yallig’lanish patologiyalarini davolashda antibiotiklar bilan birga Fitolizin® (pasta) tabiiy dori preparati qo’llanishi mumkin. U yallig’lanishga qarshi, diuretik, spazmolitik ta’sirlarga, shuningdek siydik yo’lidagi minerallar kristallanishini kamaytirish xususiyatiga ega. Preparat antibakterial terapiya o’tkazilishi uchun qulay sharoit yaratish va uni to’ldirish imkonini beradi.2

Siydik yo’llari infeksiyalari fitoterapiyasi3
Siydik yo’llari infeksiyalarini davolash uchun foydalaniladigan barcha o’simliklar, ularni ta’sir etishi bo’yicha quyidagilarga ajratish mumkin:
- Yallig’lanishga qarshi;
- Siydik haydaydigan;
- Spazmolitik.
Odatda, ulardan qaynatmalar va damlamalar tayyorlash uchun ishlatiladigan majmui to’plam tuziladi.
An’anaviy dori shakllari qo’llanish uchun unchalik qulay emasligi tufayli (ularni dozalash ancha murakkab va uzoq saqlash mumkin emas), bevosita dorivor o’simliklardan emas, balki ular asosida tayyorlangan zamonaviy preparatlardan tobora ko’proq talab bilan foydalanilmoqda.

Profilaktika1
- Ginekologik kasalliklar, jinsiy aloqa orqali yuqtiriladigan infeksiyalarni, shu jumladan, har ikki jinsiy sheriklarda, adekvat davolash. Jinsiy hayot gigiyenasi va h.k.
- Uzoq vaqt spermisidlar qo’llanilganida qin mikroflorasi holatini nazorat qilish. Homiladorlar simptomsiz bakteriuriyasini adekvat baholash va davolash.
- Invaziv urologik aralashuvlardan oldin, ayniqsa, xavf omillari mavjud bo’lgan holatda antibiotikoprofilaktika.
- Urodinamika buzilishiga olib keladigan urologik kasalliklarni davolash.
- Seksual faollikdan so’ng qaytalanishlar bo’lgan ayollarda – jinsiy aloqadan so’ng darhol majburiy siyish. Spermisidlar va diafragmalardan kontrasepsiya usullari sifatida foydalanishni rad qilish.


