Siydik chiqarish tizimi salomatligini ta’minlash uchun o’simliklardan tayyorlangan tarkibiy moddalar

Sistit, uretrit, piyelonefrit – ko’pchilikka tanish tashxislar. Siydik chiqarish yo’llari infektsiyalari oddiy holatdek tuyulishi mumkin: bir necha kun lovullatib achitish, antibiotik va chamasi hammasi me’yorlashdi. Biroq, aslida, 40% gacha patsiyentlar, ayniqsa, ayollar qaytalanishlarga uchraydilar.

Antibiotiklar kurslari qanchalik ko’p bo’lsa, xavf shunchalik yuqori bo’ladi:

  • bakteriyalar chidamliligi,
  • mikrofloralar buzilishi,
  • va… yangi yallig’lanishlar.

Nima uchun yallig’lanish qaytalanadi?

Infektsiya qovuq devorida berkinib olishi yoki oddiy davolash yetolmaydigan bioplyonkalar – bakterial “boshpana” shaklida to’planishi mumkin. Bunga sovqotishni, gormonal o’zgarishlarni, stressni qo’shamiz va takroriy siydik chiqarish yo’llari infektsiyalari uchun ideal zamin yuzaga keladi.

Fitoterapiya – muqobil variant emas, balki majmui yondashuv qismi hisoblanadi

Zamonaviy metodik tavsiyalarga va klinik kuzatuvlarga asosan (Malkoch, Filatova va b.) o’simliklardan tayyorlangan dori preparatlari:

  • antibiotikoterapiya o’rnini samarali to’ldiradi,
  • yanada mayin va tez tiklanishga yordam beradi,
  • takroriy yallig’lanish epizodlari xavfini kamaytiradi.

Nima uchun shifokorlar terapiya sxemalarida fitopreparatlarni tanlaydilar?

  • Ular yallig’lanishga qarshi, siydik haydaydigan, spazmolitik, antibakterial ta’sir etadi.
  • Diurezni oshiradi – siydik bakteriyalarni tezroq yuvib chiqaradi.
  • Mikroblar takroriy birikishi uchun salbiy muhitni yaratadi.
  • Shilliqni mustahkamlaydi va uning himoya xususiyatlarini oshiradi.
  • Ko’nikish xavfisiz uzoq muddat qo’llanishi mumkin.

Fitolizin® – tabiatning yallig’lanishga qarshi mayin kuchi

Fitolizin® (pasta va kapsulalar shaklida) turli darajalarda ta’sir etadigan 9 ta dorivor o’t va 4 efir moyini o’z ichiga oladi:

  • og’riqni va lovullatib achitishni bartaraf qiladi,
  • “qum” chiqarilishiga yordam beradi,
  • siydikning tabiiy oqimini tiklaydi,
  • yallig’lanishni kamaytiradi,
  • qaytalanishlar oldini oladi.

Tarkibida – sistitda va buyrak-tosh kasalligida o’z samaradorligi bilan ma’lum bo’lgan yer bag’irlab o’sadigan bug’doyiq, lyubistok, petrushka, zolotarnik, qirqbo’g’in, sporish kabi dorivor o’simliklar.

Takrorlanuvchi yallig’lanishlarda Fitolizin® qo’llanishi mumkinmi?

Ha, aynan, siydik chiqarish yo’llari infektsiyalari tez-tez epizodlarida fitopreparatlar qo’llanishi, ayniqsa, aktual hisoblanadi.
Ular antibiotikoterapiya natijasini qo’llab-quvvatlaydi va simptomlar qaytalanishi xavfini kamaytirgan holda remissiya davrini uzaytiradi.

Fitolizin® – buyraklar va siydik chiqarish yo’llarini mayin quvvatlash.

Fitolizin® preparatining asosiy farqi – uning 9 ta dorivor o’t va 4 efir moyidan tayyorlangan muvozanatlangan tarkibidan iborat bo’lib, ular bir-birining ta’sirini kuchaytiradi.

  • siydik oqimini yaxshilaydi
  • spazma va yallig’lanishni kamaytiradi
  • «qum» chiqarilishiga yordam beradi
  • siydik chiqarish yo’llari tozalanishini ta’minlaydi
  • toshlar takroriy paydo bo’lish xavfini kamaytiradi

Fitolizin og’riq boshlanganida emas, balki oldindan – yangi hujumga yo’l qo’yilmasligi uchun ta’sir etishda yordam beradi.

Ertaga og’riqqa duch kelmaslik uchun bugun buyraklarga g’amxo’rlik ko’rsating.

  • ko’proq suv iching
  • tuz va qayta ishlangan go’shtni kamroq iste’mol qiling
  • oziq-ovqat iste’molini kuzatib boring
  • profilaktika uchun fitoterapiyadan foydalaning.

Fitolizin® – profilaktika odatga aylanganida.

Quyidagilar uchun qo’llaniladi:

  • birinchi marta «qum»ga uchragan patsiyentlar;
  • buyrak sanchig’ini boshdan kechirgan patsiyentlar;
  • buyrakni takroriy hujumlardan himoya qilishni istagan patsiyentlar.
Qovuq – u qanday tuzilgan va unga g’amxo’rlik ko’rsatish nima uchun muhim?
Biz “o’zini namoyon qilishni” boshlamagungacha: tez-tez siyish qistashlari, siyishda og’riq yoki sanchiq paydo bo’lmagungacha qovuq to’g’risida kamdan-kam hollarda o’ylaymiz. Aslida, bu organizmdan toksinlar chiqarilish tizimida muhim a’zolardan biri hisoblanadi.
Batafsilroq ma’lumotlar oling...
Buyraklarda toshlar holatida parhez: qanday to’g’ri ovqatlanish kerak?
Ratsion nazorati – toshlar paydo bo’lishiga qarshi kurashishda kuchli vosita. Har xil turdagi toshlar turli yondashuvlarni talab qiladi, biroq universal qoidalar ham mavjud.
Batafsilroq ma’lumotlar oling...