Sistitdan qanday himoyalanish kerak?: kundalik hayot uchun maslahatlar

1. Yetarlicha suv iching.

Suyuqlik to’ldirilishi qovuqdan bakteriyalar “yuvilib chiqarilishiga” yordam beradi. Bundan tashqari, tadqiqotlarda agar qaytalanishlarga moyil bo’lgan ayol suv iste’molini kuniga 1,5 l oshirsa, takroriy sistit xavfi deyarli 2 baravar kamayishi isbotlangan.

2. Siyishni kechiktirmang.

Siydik kechiktirilganida bakteriyalar ko’payishga ulguradi, buning oqibatida infektsiya xavfi oshadi. Hojatxonaga chiqishni “keyinga qoldirmaslikka” odatlaning.

3. Intim gigiyenaga rioya qiling.

Hojatxonadan so’ng “old tomondan orqaga” artinish tegishli sohaga bakteriyalar tushishi xavfini kamaytiradi. Jinsiy aloqadan so’ng qovuqni bo’shatish foydali – bu ehtimoliy bakteriyalar “yuvilib chiqarilishiga” yordam beradi.

4. Nafas oluvchi ichki kiyimni tanlang.

Ip-gazlamadan tayyorlangan kiyimlardan foydalanish, neylon va zich djinsilar bilan minimal aloqa – buning barchasi bakteriyalar uchun qulay nam muhitdan saqlanishga yordam beradi.

5. Yallig’lantiruvchi omillardan saqlaning.

Gel, xushbo’y moddali sovun, ko’pikli vanna – ushbu barcha “yoqimli holatlar” shilliqni yallig’lantirishi va yallig’lanish xavfini oshirishi mumkin.

6. Sovqotmang.

Sovuq havo mahalliy immunitetni kamaytiradi va yallig’lanishga sabab bo’ladi – ayniqsa, yilning sovuq davrida issiq va quruq kiyimlarni kiyib yuring.

Nima uchun Fitolizin® – tiklanish va profilaktika bosqichida muvaffaqiyatli tanlov hisoblanadi?

Fitolizin® preparatining asosiy farqi – uning 9 ta dorivor o’t va 4 efir moyidan tayyorlangan muvozanatlangan tarkibidan iborat bo’lib, ular bir-birining ta’sirini kuchaytiradi.

Bunday majmua:

  • yallig’lanishni kamaytiradi
  • og’riq va spazmalarni bartaraf qiladi
  • qovuqning tabiiy tozalanishini ta’minlaydi
  • sistitning takroriy epizodlari oldini olishga yordam beradi
  • «qum» va toshlar paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi.

Fitolizin® ehtiyotkorlik bilan, biroq samarali ta’sir etadi – shu tufayli antibiotiklar kursidan so’ng qo’shimcha sifatida ham, sistit qayta va qayta takrorlanishlarida profilaktika vositasi sifatida ham qo’llanishi mumkin.

Siydik pH ko’rsatkichi nima va nima uchun bu muhim?
Siydik pH – umumiy siydik tahlilida tekshiriladigan ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Odatda, patsiyent sog’lig’ini tekshirish uchun shifokor tomonidan buyuriladi. Siydik pH ko’rsatkichi nimani anglatadi? Nima “norma” hisoblanadi? Yuqori va haddan tashqari quyi pH ko’rsatkichi nimadan dalolat beradi?
Batafsilroq ma’lumotlar oling...
Umumiy siydik tahlili yordamida aniqlash mumkin bo’lgan eng keng tarqalgan anomaliyalar
Siydik tahlili nimani ko’rsatadi? – oddiy so’zlar bilan ta’riflanganida
Batafsilroq ma’lumotlar oling...