Takrorlanuvchi sistit: yallig’lanish qayta va qayta takrorlanadigan holat

Qaytalanuvchi sistit – bu tasodifiy emas. Bu tizimli muammo bo’lib, uni e’tiborsiz qoldirish mumkin emas.

Barchasi go’yo tugadi – lovullatib achitish, og’riq, tez-tez siyish qistashlari o’tib ketdi… biroq bir-ikki hafta yoki oydan so’ng barchasi qaytadan boshlanadimi?

Qaytalanuvchi sistit – bu tasodifiy emas. Bu tizimli muammo bo’lib, uni e’tiborsiz qoldirish mumkin emas.

Tibbiyot ma’lumotlariga asosan, agar yallig’lanish 6 oy davomida 2 marta yoki yiliga 3 va undan ko’proq marta paydo bo’lsa, bu qaytalanuvchi siydik chiqarish yo’llari infektsiyalaridan dalolat beradi.

Nima uchun bu yuz beradi?

Qaytalanishlar faqatgina sovqotish yoki “noto’g’ri o’tirish” tufayli paydo bo’lmaydi, buning sabablari chuqurroq:

  • Qovuqda mahalliy immunitet kamayishi
  • Ayollarda hazna mikroflorasi buzilishi
  • Gormonal o’zgarishlar (masalan, menopauza davrida)
  • Bakteriyalar tushishini yengillashtiradigan anatomik xususiyatlar
  • Birinchi epizodda noto’g’ri yoki chala davolanish
  • Organizmni kuchsizlantiradigan stress va surunkali charchoqlik.

Organizmda nima yuz beradi?

Qovuq o’z himoya “qalqoni”ni yo’qotadi – shilliq himoyasiz qoladi, bakteriyalar oson birikadi, chuqurroq kirib boradi va uzoqroq yashaydi.

Ayniqsa, bakteriyalar bioplyonkalar – antibiotiklardan himoyalangan o’ziga xos koloniyalarni shakllantirgan holat xavfli. Aynan ular takroriy yallig’lanishlarni chaqiradi.

Sistit ko’proq ayollarda uchraydi – nima uchun?

Ayollar uretrasi qisqa bo’lib, hazna va anus yonida joylashgan – bu bakteriyalar tushishini yengillashtiradi.
Shuningdek, ayrim preparatlarni qabul qilish, agressiv intim kosmetikadan foydalanish, tez-tez jinsiy aloqalar, ginekologik aralashuvlar va menopauza – bularning barchasi qaytalanishlar xavfini oshiradi.

Qaytalanishlarda nima qilish kerak?

  • Antibiotiklar bilan o’z-o’zini davolash bilan shug’ullanmaslik kerak.
  • Yashirin sabablarni istisno qilish uchun shifokorga (urolog yoki ginekolog) murojaat qilish kerak.
  • Shaxsiy profilaktika rejasiga rioya qilish kerak.
  • Immunitet va mikroflorani quvvatlash kerak.
  • Shilliqni himoya qilish va bakteriyalarni chiqarish uchun o’simliklardan tayyorlangan preparatlardan foydalanish kerak.

Fitolizin® – sistit bezovta qilganida mayin qaror.
Fitolizin® kapsulalar yoki pasta shaklida – dorivor o’tlar va efir moylari kombinatsiyasidan iborat bo’lib, u:

  • Qovuqning tabiiy himoyasini ta’minlaydi.
  • Bakteriyalar birikib qolishiga yo’l qo’ymagan holda ular chiqarilishiga yordam beradi.
  • Qaytalanishlar takrorlanish tezligini kamaytiradi.
  • Siydik oqimini yaxshilaydi va yallig’lanishni kamaytiradi.

Fitolizin® – nafaqat simptomlarni bartaraf qilish, balki ular qaytalanishi oldini olish uchun ham qo’llaniladi.

Profilaktika mayin, tabiiy va samarali bo’lishi mumkin.

Nima uchun Fitolizin® – tiklanish va profilaktika bosqichida muvaffaqiyatli tanlov hisoblanadi?

Fitolizin® preparatining asosiy farqi – uning 9 ta dorivor o’t va 4 efir moyidan tayyorlangan muvozanatlangan tarkibidan iborat bo’lib, ular bir-birining ta’sirini kuchaytiradi.

Bunday majmua:

  • yallig’lanishni kamaytiradi
  • og’riq va spazmalarni bartaraf qiladi
  • qovuqning tabiiy tozalanishini ta’minlaydi
  • sistitning takroriy epizodlari oldini olishga yordam beradi
  • «qum» va toshlar paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi.

Fitolizin® ehtiyotkorlik bilan, biroq samarali ta’sir etadi – shu tufayli antibiotiklar kursidan so’ng qo’shimcha sifatida ham, sistit qayta va qayta takrorlanishlarida profilaktika vositasi sifatida ham qo’llanishi mumkin.

Asal oyi sistiti
Qorin quyi sohasida g’uldirash, sanchiq, lovullatib achitish, hojatxonaga doimiy qistashlar – bularning barchasi jinsiy aloqadan so’ng paydo bo’ladimi? Agar Siz bunga bir necha marta uchragan bo’lsangiz – ehtimol, bu postkoital sistitdan dalolat beradi. Bu ayollarda jinsiy aloqadan so’ng paydo bo’ladigan qovuq yallig’lanishi shakli hisoblanadi.
Batafsilroq ma’lumotlar oling...
Buyrak-tosh kasalligi: statistika, sabablari, xavf omillari, davolash
Buyrak-tosh kasalligi – siydik chiqarish yo’llarida: kosachalar, buyrak jomida toshlar (konkrementlar) paydo bo’lishi bilan xususiyatlanadigan, ko’pincha siydik chiqarish yo’llari, qovuq, siyish kanaliga ko’chib o’tadigan surunkali kasallik hisoblanadi.
Batafsilroq ma’lumotlar oling...