Fitolizin® Pasta – 9 ta dorivor o’t va 4 ta yog’ moddalari ta’siri.

Siydik yo’llari infeksiya-yallig’lanish kasalliklari va nefrourolitiaz terapiyasi uchun qo’llaniladigan o’simliklardan tayyorlangan preparat.1

Suvda eritilgan pasta shaklidagi preparat oddiy tabletkalarga nisbatan tezroq so’riladi va faol moddalarni yetkazib beradi.9

Yo’riqnoma
santo
Yo’riqnoma
santo

Fitolizin® Pasta – sistit qiynab yuborgan holatda.

Fitolizin ® Pasta — siydik haydaydigan va yallig’lanishga qarshi preparat sifatida foydalaniladigan o’simliklardan tayyorlangan preparat. Pasta quyidagi o’simlik moddalari aralashmasidan iborat ekstraktni saqlaydi: bug’doyiq ildizpoyasi, boshpiyoz po’chog’i, qayin barglari, pajitnik urug’lari, petrushka ildizi, tog’ qush o’ti, dala qirqbo’g’ini, lyubistok ildizi, oddiy o’t zolotarnigi.1
Tabiiy tarkib
9 ta dorivor o’t va 4 ta efir yog’ini o’z ichiga oladigan ko’p moddali tabiiy tarkib.1
Og’riq va yallig’lanish kamayishi.
Pasta siyish qistashlariga qarshi kurashishda, og’riq va yallig’lanishni kamaytirishda yordam beradi.2
Qo’llanishda qulaylik
Biroz shirinlik qo’shilgan iliq qaynatilgan 100 ml (½ stakan) suvda 1 choy qoshiq pastani aralashtirib eritish kerak.1
Tez so’rilish va yetkazib berilishi
Pasta tarkibiy moddalarining tabletkalarga nisbatan yaxshiroq so’rilishi va ularning yallig’lanish o’chog’iga yetkazib berilishi.2

Good Manufacturing Practice yuqori sifat standartlari bo’yicha ishlab chiqaramiz.

Pastada dorivor o’tlarning foydali xususiyatlarini saqlab qolish uchun Fitolizin® Pasta GMP standartiga to’liq muvofiqlikda ishlab chiqariladi. Bu dori preparatlarini ishlab chiqarish qoidalarini va sifat nazoratini belgilaydigan xalqaro normativ hujjat hisoblanadi.4
santo

Qo’llanish uchun qulay

Suvda erigan pasta tabletkalarga qaraganda tezroq so’riladi.3
  • Biroz shirinlik qo’shilgan iliq qaynatilgan 100 ml suvda 1 choy qoshiq pastani aralashtirib eritish kerak.
  • O’rtacha davolash kursi 2 haftadan 1,5 oygacha.
  • ovqatlanishdan so’ng kuniga 3-4 marta qabul qilish kerak.
santo

Fitolizin® Pasta – sistitga qarshi kurashda

Bakterial sistit – infeksiya-yallig’lanish jarayoni bo’lib, u qovuq devorida, ko’proq shilliq qavatida kechadi. Ayollar anatom-fiziologik va gormonal xususiyatlariga ko’ra kasallikka ko’proq moyil bo’ladilar. Ko’pincha siyish qistashlari (shu jumladan, soxta siyish qistashlari), qovuq sohasida og’riqli sezgilar, og’riqli siyish, siydik keskin hidi, xiralashishi, qon aralash siyish sistit simptomlariga tegishli bo’ladi.5
Fitolizin® Pasta tabiiy o’simlik moddalarini saqlaydi va sistitni majmui davolashda qo’llanishi mumkin. Yo’riqnoma bo’yicha tayyorlangan suspenziya quyidagicha ta’sir etadi:1
Yallig’lanishga qarshi;6
Spazmolitik;7
Siydik haydaydigan;8
Og’riqsizlantiradigan.8

Узнайте больше в нашем информационном блоге

Sistit: xavf omillari, simptomlari, tashxislash, davolash va profilaktika.

Sistit

Maqola o’qib chiqilsin
Buyrak-tosh kasalligi: statistika, sabablari, xavf omillari, davolash

Buyrak-tosh kasalligi

Maqola o’qib chiqilsin
QO’LLANISH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR MAVJUD. QO’LLANISHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING YOKI MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Xalqaro patent bilan tasdiqlanmagan nomi: O’simliklardan tayyorlangan kombinasiyalangan dori preparati. Siydik yo’llari infeksiya-yallig’lanish kasalliklarida, mayda konkrementlar, “qum” bo’lgan holatda pasiyentlarning majmui terapiyasi tarkibida qo’llaniladi. Bolalarga va 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlarga tavsiya etilmagan. Shifokorning reseptisiz beriladi. Tovar sertifikatlangan DV/X 03491/08/17. Gerbapol Varshava MChJ 05-800 Prushkuv, Polsha. O’zbekiston Respublikasi hududida dori preparatlarining sifati bo’yicha e’tirozlar (takliflar)ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili: «Polfarma» AJ Vakolatxonasi, Toshkent sh., Fidokor ko’chasi, 32-uy. Tel.: +99897 107 55 99.

1. Tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma FITOLIZIN® ichga qabul qilish uchun pasta РУ DV/X 03491/08/17

2. Инфекция мочевых путей и роль фитопрепаратов в ее комплексной терапии, А. В. Малкоч, Н. Н. Филатова, 2015, Лечащий врач

3. Клиническая фармакология и фармакотерапия. Под редакцией ак.Г.Кукеса и проф. А.К. Стародубцева. «Гэотар-Медиа», М-2012

4. GMP sertifikat

5. Клиническая фармакология и фармакотерапия. Под редакцией ак. Г.Кукеса и проф. !.К. Стародубцева. Гэотар-Медиа, М-2012

6. Tarkibiga kiritilgan bug'doyiq ildizpoyasi tufayli

7. Tarkibiga kiritilgan petrushka ildizi tufayli

8. Tarkibiga kiritilgan lyubistok ildizi tufayli